Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chorvoq suv omboridagi chiqindilar bilan bog'liq videoga munosabat

 Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv omborining kichik qismida chiqindi yig'ilgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Vaziyat sinchkovlik bilan o'rganilganda, bu asosan daraxtlar, novdalar va o'simliklarning boshqa qismlari bo'lganligi aniqlandi. Bu massa tabiiy ravishda Chorvoq suv omboriga oqib tushadigan Pskem daryosi orqali tushgan. Gap shundaki, kechagina kuchli yomg'ir paytida yuqorida aytib o'tilgan daryoga sel tushdi va bu tabiiy chiqindini olib keldi. Ekologlarning fikriga ko'ra, bu keng tarqalgan tabiiy hodisa hisoblanadi. Tegishli xizmatlar darhol kelib, suv omborini chiqindidan tozaladi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech