Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan sharqiy yo‘nalishga o‘zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 31-36 С issiq bo‘ladi.

Cнorvoq oromgohida amaliy seminar o‘tkazildi *

2018 yil 26 may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Cнorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazida «Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari» mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad, yoz mavsumida respublikamizdagi cho‘milish havzalarida aholi va ayniqsa bolalarning xavfsizligini ta’minlash borasida joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olishdan  iboratdir.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 164-sonli qarori ijrosini ta’minlash” maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan  tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda respublika hududidagi suv havzalarida reydlar o‘tkazilib, suv havzalari tekshirilib chiqildi.

Suvda cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik holatlarda fuqarolarni vafot etishiga cho‘milish ta’qiqlangan joylarda fuqarolarning cho‘milishi, ba’zi holatlarda spirtli ichimliklar ta’siri ostida cho‘milish, voyaga etmagan bolalarning suv havzalari atrofida qarovsiz qoldirish, dam olish zonalarida suv transport vositalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan foydalanish sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda dam olish va yozgi sog‘lomlashtirish maskanlarida tegishli tashkilotlar, jumladan, Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati  markazi xodimlari  va dam olish va yozgi sog‘lomlashtirish maskanlari rahbarlari tomonidan cho‘milish mavsumida dam oluvchilarning havfsizligini ta’minlash maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizdagi suv havzlarida, mavjud madaniyat va istirohat bog‘larida har yili tegishli boshqarma, xizmatlar tomonidan suv havzalarining sanitar-gigienik holati, cho‘milish va ruxsat etilgan hududlar atrofiga tegishli yozuvli belgilar o‘rnatilganligi, barcha turdagi qayiqlar va katomaranlarning foydalanishga yaroqliligi hamda qo‘yilayotgan talablarga javob berishi borasida tekshiruvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Shu bilan birga, cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida suvda-qutqaruv guruhlari yuqori malakali g‘avvos-qutqaruvchilarini tayyorlashga ham katta e’tibor berilmoqda. Bu borada Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan g‘avvos-qutqaruvchilarini bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha “Boshlang‘ich tayyorgarlik” va “Malaka oshirish” kurslari tashkil qilingan. Institutdagi o‘qish jarayonida g‘avvos-qutqaruvchilar bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy g‘avvoslik asbob-anjomlaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga institut tomonidan g‘avvos-qutqaruvchilarni tibbiy-chuqurlashtirilgan maxsus ko‘rikdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Seminarning ikkinchi qismida g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Jumladan, favqulodda holat paytida to‘g‘ri harakatlanish, suvda qutqarish ishlarini amalga oshirish, cho‘kayotgan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda g‘avvoslik ishlari, asbob – anjomlarining imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.

Tadbir so‘ngida, respublikamizdagi cho‘milish havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash borasida qilingan ishlarni muhokama qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha taklif va xulosalar berildi.

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Fransiya tajribasi o‘rganildi

2018 yilning 29-30 may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Fransiyaning Ichki ishlar vazirligi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish Bosh direks…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech