FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

“Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibini belgilash to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017  yil 25 sentyabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3286-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabr kunidagi “Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 1009-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.  

Nizomda suv ob’ektlarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, toshqin va sel hodisalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha yig‘ma manzilli dasturni shakllantirish, shuningdek loyihalarning ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini, tasdiqlanishini, amalda bajarilishini tashkil etish, ularning amalga oshirilishi va samaradorligi yuzasidan nazorat va monitoring olib borish tartibi belgilangan.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari sel-toshqin va er ko‘chkisi xavfi bo‘lgan tumanlarda qirg‘oq mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlarini amalga oshirishi hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi qaroriga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqat toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborishning imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.        

 

 

Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech