FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Davlat tilida ish yuritish – muhim vazifa

Joriy yilning 16 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida tashkil etilgan ma'naviyat va ma'rifat mashg‘ulotlari ushbu mavzuga bag‘ishlandi.
Vazirlik Markaziy apparatida o‘tkazilgan ma'naviyat va ma'rifat soatiga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i katta o‘qituvchi O‘rinboy Boboyorov taklif etildi.

Ma'ruzachi o‘z so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda davlat tiliga e'tibor, o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirish bilan bog‘liq tarixiy islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu borada davlatimiz va hukumatimizning bir qator Farmon hamda qarorlari qabul qilinayotganligi, vazirlik va idoralarda davlat tilida ish yuritishga e'tibor kuchaytirilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida, vazirlik Markaziy apparati harbiy xizmatchilari va xizmatchilariga davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha bir qator zarur ma'lumotlar, tushuntirish hamda tavsiyalar berib o‘tdi. Davlat tilida ish yuritishni o‘rganish, bu masalada har bir xodim o‘z ustida ishlashi, o‘qishi va izlanishi lozimligini alohida ta'kidladi.
Mashg‘ulot yakunida harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javoblar oldilar.

 

Bahodir Valiyev,
Favqulodda vaziyatlar
vaziri maslahatchisi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech