Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Davlatim bayrog‘i – faxrim, g‘ururim

O‘zbekiston suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida Davlat bayrog‘i alohida o‘rin tutadi. Zero, bayroq xalqning o‘tmishi va buguni, mustaqilligi, tinchligi va barqarorligining timsolidir. Ana shu maqsadda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabat bilan Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, harbiy xizmatchilari, IIV akademik litsey o‘quvchilari bilan birgalikda Andijon shahrida joylashgan “Bobur” nomli kutubxonada Davlatimiz bayrog‘ining 30 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etdi. Unda so‘zga chiqqanlar bayrog‘imiz haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Shu bilan birga aytilgan ajoyib sherlar va kuy qo‘shiqlar qatnashchilarga a'lo kayfiyat ulashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech