15 avgustda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi vakillari, Tojikiston Respublikasining gidrometeorologik xizmati bilan "Yorilishi mumkin bo`lgan yuqori tog` ko`llarining holati va to`g`onlarinng yorilishi bilan bog`liq yuzaga kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlar xavfi" mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bo`lib o'tdi.
Tadbir doirasida ilmiy muassasalardan samarali foydalanish, o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish, mutaxassislar o'rtasida yangi aloqalar o'rnatish, ilmiy-texnik axborot almashish va aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasidagi izchil tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, tashrif chog'ida O'zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining bir guruhi Tojikiston xududida yuqori balandlikda joylashgan Sarez ko'lining aerovizual tekshiruvini o'tkazdilar.