FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Dehqonobod va Qamashi tumanlarida olib borilgan o‘rganish ishlari tafsilotlari

Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, Geologiya qo‘mitasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati va tuman hokimligi mas'ullari bilan hamkorlikda “Qamashi” va “Dehqonobod” tumanlarining tog‘li hududlarida xavfli gidrometeoroligik va geologik jarayonlarning holati hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida, “Qamashi-Langar-Kattao‘ra” va “Oqqishloq” hududlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘llari holati va aholi bilan qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkun bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir zarur masalalar yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech