FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Denov tumanidagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 24 fevral kuni soat 05.37da, Surxondaryo viloyati Denov tumani “Bahoriston” mahallasi Mustaqillik ko‘chasi 79 uyda joylashgan, YATT “Allaev Xaydarxon To‘xtayevich”ga tegishli 2 qavatli savdo majmuasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida, 18 ta savdo obyektlari, umumiy maydoni 630 m.kv qismi yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib bogan tezkor harakatlari natijasida binoning 1680 m.kv qismi yong‘indan saqlab qolingan.
Birinchi bo‘linma soat 05.40 yetib borib, soat 06.44 da o‘chirib olingan.
Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech