FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Dezinfeksiya tadbirlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi FVB xodimari jonbozlik ko‘rsatmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida COVID-19 virusining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida, keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Alohida ta'kidlash kerakki, ayni tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining faol sa'y-harakatlari natijasida o‘z samarasini bermoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholi ko‘p to‘planadigan katta va gavjum hudud hamda maydonlarda dezinfeksiya, targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilib, unda FVV tizimi xodimlari oldingi saflarda ishtirok etmoqdalar.
Qayd etish joiz, dezinfeksiya ishlari boshqarma va Sanitariya-epidemiologik osayishtalik markazi xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda maxsus texnikalar yordamida tunu kun tashkil etildi va hozirda ushbu tadbirlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech