FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

DIQQAT E'LON!!!

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 2021-yil fevral oyining 3-dekadasida Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza kafedrasi professor lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.

Professor lavozimi uchun tanlovda qatnashishi mumkin: tegishli mutaxassislik boʼyicha oliy maʼlumot (magistr, diplomli mutaxassis)ga ega, fan nomzodi, falsafa doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʼyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega hamda kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʼlgan shaxslar.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 15-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Geofizika qoʼrgʼoni Аnaybuloq koʼchasi 3-uy.

Telefonlar: 71-266-50-23; 71-266-50-36; 71-266-50-27.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech