FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

DIQQAT E'LON!!! Fuqaro muhofazasi institutida kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 4 iyuldagi 421-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, respublikada joylashgan suv havzalarida suv transportlaridan (kema, kichik hajmli kema, kater, gidrosikl, yelkanli kema) to‘g‘ri foydalanish, turli baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida 2021 yilning yanvar oyidan kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitish ishlari boshlanadi.

Shu munosabat bilan respublikamizdagi kichik hajmli kemalarga egalik qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, ushbu vositalarni boshqaruvchi haydovchilar uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi:
- kema haydovchilarini tayyorlash – 72 soat (12 ish kuni),
- kema haydovchilarini qayta tayyorlash – 48 soat (8 ish kuni),
- kema haydovchilarining malakasini oshirish – 36 soat (6 ish kuni). Mazkur o‘quv kurslaridan o‘tgan, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yuridik hamda jismoniy shaxslarga kursni tugatganligi to‘g‘risida guvohnoma va sertifikatlar beriladi.

O‘quv kurslari uchun talab etiladigan hujjatlar:
- yuridik shaxs tomonidan o‘qishga yuborilgan nomzodlar uchun yuridik shaxsning yo‘llanmasi;
- ariza;
- hodimning sog‘ligi va tegishli turdagi kemalarni boshqarishga layoqatliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotnoma;
- fuqarolik kiyimidagi 3x4 sm hajmdagi 3 dona fotosurat;
- ma'lumoti (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
- pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
- o‘qish uchun to‘lov topshiriqnomasi nusxasi yoki kvitansiyasi.

Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida quyidagi miqdorda belgilanadi:
- kema haydovchilarini tayyorlash uchun – bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari;
- kema haydovchisini boshqa guruhga mansub kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishga qayta tayyorlash uchun – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
- kema haydovchilarining malakasini oshirish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari.

Unutmang!
Avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2020 yil 31 dekabrdan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Anaybuloq ko‘chasi 3-uy. Telefon raqamlari: 71 266-50-31, 99 670-13-13.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech