FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

DOLZARB MAVZUDAGI SEMINAR

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati majlislar zalida vazirlik shaxsiy tarkibi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda so‘z olganlar so‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganligi bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, seminar mash­g‘u­lo­tida O‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida”, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi huzuridagi Ekspertlar guruhi a'zosi Oynisa Musurmonova, “Gender tenglikni ta'minlashning ilmiy-nazariy asoslari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha ins­pektori, mayor Nazokat Tojievalarning “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan muhofavza qilishda himoya orderining ahamiyati to‘g‘­risida”gi ma'ruzalari tinglandi.

Tadbirda FVV Markaziy apparati, Toshkent garnizoni hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalar shaxsiy tarkibi esa viloyatlardan videokonferens aloqa tizimi orqali ishtirok etishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech