Joriy yilning 13 dekabr' kuni soat 19:00 dan 14 dekabr' kuni soat 9:00 ga qadar A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil' yo‘lining 258, 259 va 265 km hududlarida jami 3 ta holatda 13 ta turli rusumdagi avtotransport vositalarining muzlama yo‘llarda boshqaruvni yo‘qotishi yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etdilar.
Yuzaga kelgan vaziyatlar oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini va xushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘rab qoladi.