FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

Dovonda o‘quv-mashg‘uloti

Kuni kecha “Angren-Pop” elektirlashtrilgan temir yo‘lining “Chodak” stansiyasi hududida yo‘lovchi tashish poezdida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish va neft' maxsuloti ortilgan vagonning izidan chiqib ketishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.


Unda Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, boshqarmalari, SEOM, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa shu kabi qator tashkilotlar ishtirok etdilar.


O‘quv mashg‘ulotidan ko‘zlangan asosiy maqsad, obekt hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarida fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini amalda bajarishdan iborat bo‘ldi.


Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Chodak” stansiyasi hududida, harakatlanayotgan yo‘lovchi tashish poezdining vagonida shartli ravishda kelib chiqqan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish harakatlarini amalga oshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech