FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

Dovonda yo’ldan chiqib ketgan yuk mashinasi o'z manziliga jo'natildi

Joriy yilning 15 noyabr kuni tongda “Beshqo‘l” navbatchilik maskaniga “Qamchiq” dovonining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 227 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi bo‘yicha ma’lumot kelib tushgan.

Xabar olingach, “Beshqo‘l” navbatchilik maskani guruh komandiri M.Boychayev boshchiligidagi qutqaruv guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borishdi.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan M.N. boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ag‘darilib ketgan.  Birinchi navbatda qutqaruvchilar tomonidan haydovchiga psixologik yordam ko‘rsatildi. So‘ngra ag‘darilgan yuk mashinasi handaqdan chiqarilib, evakuator yordamida belgilangan manzilga jo‘natib yuborildi.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar aniqlanmadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech