Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Dovonda yuk mashinasidagi yong‘in bartaraf etildi

2020 yil 30 aprel kuni soat 00.50 lar atrofida “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga “A-373 M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil' yo‘lining “Toshkent – Vodiy” yo‘nalishda harakatlangan “VOLVO” rusumli yuk mashinasida kabina qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, boshqarma qutqaruvchilari maxsus texnikalar bilan hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib bordilar. Ko‘rilgan tezkor qutqaruv ishlari natijasida soat 01:07 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida avtomashinaning kabina qismi yongan.
Mashina haydovchisiga tan jarohati yetmagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech