Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Dovud-ota” chegara-bojxona postida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dovud-ota” chegara-bojxona postida “Sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining topilishi bilan bog‘liq avariya oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.


O‘quv mashqi nazariy va amaliy bosqichlarda o‘tkazildi. Nazariy bosqichda O‘zbekiston Respublikasi SSV bosh radiologi tomonidan radioaktiv manba aniqlanganda xabar berish, radiasion o‘lchov asboblari, himoya vositalaridan foydalanish, nurlanish manbasining topilishi va bartaraf etish tartibi haqida ma'ruza qilindi.


Amaliy bosqichda esa nurlanish manbasining topilishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni jalb qilgan holda saf ko‘rigi, xabar berish va yig‘ish, radiasiya ko‘lamini aniqlash, yo‘lovchi va ishchi-xodimlarni evakuasiya qilish hamda topilgan nurlanish manbasini bartaraf qilish bilan bog‘liq harakatlar olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech