Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Dushanbe shahrida Mintaqaviy forum – Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishi o‘z nihoyasiga yetmoqda

Bugun, 6-oktyabr kuni Tojikiston poytaxtida Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishi - Mintaqaviy forum nihoyasiga yetmoqda. Har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbirda O‘zbekistondan Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida sohaviy yig‘ilishlar, mutaxassis guruhlari uchrashuvlari, xorijiy delegatsiyalar rahbarlarining ma'ruzalari kabi qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Forum davomida mutaxassislar tomonidan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan, samarali ko‘rsatkichlarni ta'minlaydigan takliflarning amalga oshirilishi muhokama qilindi. Bular mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishning barqaror mexanizmlarini yaratish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlikni kuchaytirish masalalaridir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Qo‘ldoshevning ma'ruzasida Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma'lumotlar berildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech