Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimining 2021-yil 24-fevraldagi 209-sonli qarori bilan Akademiya tasarrufiga ajratilgan 9,25ga yer maydonini bog‘dorchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Sheriklik loyihasini amalga oshrish shartlari:
- olma yetishtirish bo‘yicha bog‘dorochilikni tashkil qilish, 2023-yil;
- poliz mahsulotlarini yetishtirish, 2023-yil;
- yetishtirilgan mahsulotlarning taqsimoti quyidagicha amalga oshiriladi;
1/3 buyurtmachiga, 1/3 sherikka, 1/3 yer hosildorligini oshirish va boshqalar, 2023-yil;
- yillik yer solig‘i va boshqa yig‘imlarni to‘lab borish, har yili;
- hududda bog‘bon va qorovullar uchun yashash sharoitini yaratish, 2023-yil;
- hududni elektr quvvati bilan ta’minlash, 2023-yil;
- yer maydonidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarni kiritish, 2023-yil (asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik).
Sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan investitsiya hajmi:
- yer osti suv qudug‘i burg‘alash, 2023-yil; (15 metr chuqurlikda, 200-D o‘lchamda,
4dona= 25 000 000x4= 100 000 000 so‘m);
- hudud atrofini o‘rash, ko‘kalamzorlashtirish, 2023 yil; (buta, daraxt ekish, panjara tortish, 64 000 000 so‘m);
- sug‘orish kanalini kovlash, 2023-yil; (maxsus texnika yordamida 400 metr 12 000 000 so‘m);
- sizoq suvlarni chiqarish zovurlarni kovlash, 2023-yil; (maxsus texnika yordamida 800 metr, 24 000 000 so‘m);
- yer qatlamini tabiiy mineral o‘g‘itlar bilan boyitish, 2023-yil; (tabiiy mineral o‘g‘itlar, 10 000 000 so‘m);
- hududda bog‘bon va qorovullar uchun yashash sharoitini yaratish, 2023-yil; (ko‘chma uy, 60 000 000);
- hududni elektr quvvati bilan ta’minlash, 2023-yil;
(600 metr 3x4x16 kabeli, elektr qutisi, ustun, 21 000 000 so‘m);
Taxminiy investitsiya harjatlari: 291 000 000 so‘m.
Tanlovda ishtiprok etuvchilar (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradilar:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
- soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- mahsulot yetishtirish va ishlarni bajarish bo‘yicha loyihaviy taklif;
- loyihaviy taklifning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari.
Takliflar tanlov e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Rekvizitlar:
O‘zbekistan Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
Toshkent shahar Yangihayot tumani Do‘stlik ko‘chasi 5-uy. Tel: (71) 258-56-57.
Obyekt nomi, joylashgan joyi:
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Niyozboshi massivi qishlok xo‘jaligi xaritasining 13-qisman konturidan jami 9,25ga.