Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma'lumotga ko‘ra, soat 10:57 da Qozog‘iston Respubliksi Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi.
Buning natijasida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o‘chishi kuzatildi.
Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekisiton elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta'siri natijasida Qozog‘istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o‘zgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.
Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi.
Xozirgi vaqtda qo‘shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir TESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Avariya tavsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.
Elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi
- Qo'shildi: 26.01.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 551