Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Elektr ta'minotida yuzaga kelgan uzilish to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot

Kecha soat 10:57 da Markaziy osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Qozog‘istonning Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi.
Buning natijasida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh, Jalolobod va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o‘chishi kuzatildi.
Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta'siri natijasida Toshkent IESi, Sirdaryo IESida avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.
Bu holat o‘z o‘rnida Talimarjon va To‘raqo‘rg‘on IESlarining o‘chishiga ham olib kelgan.
Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi.
Hozirgi vaqtda qo‘shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Avariya tavsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech