FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

E'LON !

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.Mazkur litseyga 2020 yil 1 apreldan umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi. “Temurbeklar maktabi”ning manzili: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparlik kuchasi 1-uy (eski Shahrisabz iqtisodiyot kolleji o‘rnida).

“Temurbeklar maktabi” oʼquvchilarini saralash tartibi

  1. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi oʼrinlarda – umumtaʼlim maktablari)
    9-sinfini tamomlaganlik toʼgʼrisidagi shahodatnomaga ega, sogʼligʼining holatiga koʼra oʼqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʼtgan, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari (oʼgʼil bolalar) oʼqishga qabul qilinadi.
  2. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
  3. Nomzodlarning shaxsiy yigʼmajildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi”da qabul komissiyasi tuziladi.

Qabul komissiyasi oʼz faoliyatini mazkur Ustav asosida amalga oshiradi.

  1. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlarini oʼtkazish uchun harbiy okruglarda vazirlik va idoralar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining vakillaridan iborat tarkibda tegishli harbiy okrug qoʼmondoni raisligida maxsus idoralararo komissiya tuziladi. Idoralararo komissiyaning tarkibi har yili vazirlik va idoralar rahbarlarining qoʼshma qarori bilan tasdiqlanadi.

Idoralararo maxsus komissiyaning ishini tashkil etish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʼshma qarori bilan tasdiqlanadi.

  1. Dastlabki tanlashni oʼtkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish, davlat xizmatchisi boʼlish istagida boʼlgan shaxslarga sogʼligʼi, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi boʼyicha qoʼyiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
  2. Quyidagilar dastlabki tanlashning asosiy tadbirlari hisoblanadi:

nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʼplash;

nomzod toʼgʼrisidagi turli maʼlumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʼqishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;

umumtaʼlim fanlari boʼyicha oʼzlashtirishi, sogʼligʼi va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;

nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini oʼrganish.

  1. Nomzodlar uchun dastlabki tanlash “Temurbeklar maktabi”ga oʼqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi boʼyicha mudofaa ishlari boʼyicha boʼlimlarda har yili 1-apreldan 30-aprelga qadar oʼtkaziladi.
  2. Dastlabki tanlashda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  3. a) mudofaa ishlari boʼyicha boʼlim boshligʼi nomiga ariza;
  4. b) belgilangan shakldagi soʼrovnoma;
  5. v) oʼqish va yashash joyidan tavsifnoma;
  6. g) taʼlim muassasasiga kirayotgan nomzodning tibbiy koʼrikdan oʼtkazish varaqasi, ambulator tibbiy kartasi va unga tikilgan qoʼshimcha varagʼi (025-1u shakli), profilaktik emlash kartasi (063 shakli);
  7. d) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;
  8. ye) tugʼilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari boʼlimlarida roʼyxatda turishi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma nusxasi;
  9. j) fanlarni oʼzlashtirishi toʼgʼrisida oʼqish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
  10. z) psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, narkologik va odam immuniteti tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurashish markazlaridan berilgan maʼlumotnoma, laboratoriya tekshirishlari natijalari (qon va peshobning umumiy tahlili, najasni gelmentologik tekshiruvi, qonning biokimyoviy tekshiruvlari: АTL, АST, bilirubin (fraktsiyalari bilan), umumiy oqsil, timol sinamasi, “V” va “S” turdagi virusli gepatitning markerlari va aʼzolari, najasni gelmentologik tekshiruvi, koʼkrak qafasi flyuorografiyasi, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG), qorin boʼshligʼi, siydik ajratish tizimi aʼzolari va qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi (UTT), endoskopik ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) xulosalari) boʼyicha tibbiy maʼlumotnomalar;
  11. i) nomzodning ichki ishlar organlarida roʼyxatga olinmaganligi holatlarini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
  12. k) 4 dona 3,5 x 4,5 sm oʼlchamli va 6 dona 3 x 4 sm oʼlchamli rangli fotosuratlar.
  13. Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan muvaffaqiyatli oʼtgan “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʼqishga qabul qilinish huquqiga ega boʼlgan ayrim toifadagi nomzodlar qoʼshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
  14. a) xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʼolibligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi guvohonma;
  15. b) oʼz xizmat vazifalarini bajarish chogʼida halok boʼlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʼlib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv boʼlinmalari xizmatchilarining farzandlari:

- oʼlim guvohnomasi yoki nogironlik toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;

- xizmat vazifalarini bajarish chogʼida halok boʼlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʼlib qolganligi yuzasidan tegishli vazirlik va idora rahbarining buyrugʼidan koʼchirma;

  1. v) yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosogʼlom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat koʼmagiga muhtoj boʼlgan, joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan nomzodlar uchun Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʼyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi;
  2. g) jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida oʼtkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining gʼolibligini tasdiqlovchi guvohnoma.
  3. Tugʼilganlik toʼgʼrisida guvohnoma yoki pasport, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʼgʼrisida guvohnoma, oʼqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (9-bandda koʼrsatilgan nomzodlar toifasi uchun) asl nusxalari nomzodlar tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kelganda qabul komissiyasiga shaxsan taqdim etiladi.
  4. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobining berilishiga asos boʼladi:

nomzodning Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;

nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʼzgʼatilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv oʼtkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda koʼrib chiqilayotganligi;

jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qoʼllanilganligidan qatʼi nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;

yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.

  1. Nomzodlarning birinchi tibbiy tekshiruvi mudofaa ishlari boʼyicha boʼlimlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan oʼtkaziladi. Tibbiy tekshiruv natijalariga asoslangan sogʼligʼining holatiga koʼra nomzodning oʼqishga yaroqliligi toʼgʼrisida xulosa chiqariladi.

Tibbiy tekshiruv oʼtkazish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Milliy gvardiya va Sogʼliqni saqlash vazirligining qarori bilan tasdiqlangan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirayotgan va tahsil olayotgan nomzod va oʼquvchilarni tibbiy koʼrikdan oʼtkazish va “Temurbeklar maktabi” oʼquvchilariga tibbiy yordamni tashkil etish tartibi toʼgʼrisidagi nizom” bilan beligilanadi.

  1. Sogʼligʼining holatiga koʼra oʼqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlashga qoʼyilmaydi.
  2. Dastlabki tanlash natijalari boʼyicha “Temurbeklar maktabi”ga oʼqishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yigʼmajildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari boʼyicha boʼlimlari tomonidan har yili 1-may kuniga qadar mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriladi.
  3. Harbiy-kasbiy tanlashning bosh maqsadi oʼzining psixofiziologik xususiyatlari va sogʼligʼining holati boʼyicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam maʼnaviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida munosib Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari boʼla oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
  4. Harbiy-kasbiy tanlashning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:

taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʼrganish;

nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan oʼtkazish;

nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;

nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʼrganish;

nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;

nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat oʼtkazish va nomzodlarni test sinovlariga qoʼyish toʼgʼrisida yakuniy qaror qabul qilish.

  1. Harbiy-kasbiy tanlash nomzodning yashash joyi boʼyicha mudofaa ishlari boshqarmasida har yili 1-maydan 20-iyun kuniga qadar oʼtkaziladi.
  2. Nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan oʼtkazish Oʼzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va sogʼliqni saqlash vazirining qoʼshma buyrugʼi bilan tasdiqlanadigan tibbiy mutaxassislardan iborat tarkibdagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
  3. Yakuniy tibbiy tekshiruv natijalariga asoslangan sogʼligʼining holatiga koʼra nomzodning “Temurbeklar maktabi”da oʼqishga yaroqliligi holati toʼgʼrisidagi qaror chiqariladi.

Sogʼligʼining holatiga koʼra oʼqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʼyilmaydi.

  1. Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash diktant yozdirish yoʼli bilan aniqlanadi.

Diktant oʼtkazish tartibi va uni baholash mezonlari Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Diktant natijasida qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʼyilmaydi.

  1. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʼrganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar oʼtkazish orqali harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va oʼtkaziladi. Psixologik testlarni oʼtkazish tartibi va psixologik testlar Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Psixofiziologik xususiyatlarni oʼrganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.

  1. Psixofiziologik xususiyatlarni oʼrganish natijalariga koʼra quyidagi xulosalar chiqariladi:

oʼqishga kirish uchun tavsiya etiladi;

oʼqishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.

Psixofiziologik xususiyatlarni oʼrganish natijalari boʼyicha oʼta olmagan hamda oʼqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qoʼyilmaydi.

  1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʼyicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qoʼyilmaydi.

  1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat idoralararo maxsus komissiya tomonidan nomzodning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash darajasi, savodxonligi, aqliy qobiliyatlari hamda boshqa harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida psixofiziologik xususiyatlarini oʼrganish va diktant natijalari asosida mudofaa ishlari boshqarmasida oʼtkaziladi.
  2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʼra nomzodni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʼtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʼyish toʼgʼrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.
  3. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʼta olmagan nomzodlarning shaxsiy yigʼmajildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida nomzodning yashash joyi boʼyicha Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmasi vakiliga topshiriladi.
  4. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan nomzodlarning shaxsiy yigʼmajildlari mudofaa ishlari boshqarmasi orqali har yili 28- iyungacha “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yetkaziladi.

“Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga nomzodlarning shaxsiy yigʼmajildlarini ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega boʼlmagan boshqa shaxslar orqali topshirish qatʼiyan man etiladi.

  1. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma oʼrta umumtaʼlim maktabidan umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi shahodatnomani olish uchun asos boʼlib xizmat qiladi.
  2. Shaxsiy yigʼmajildlarini oʼrganish natijalariga koʼra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning roʼyxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha yetkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi masʼul hisoblanadi.
  3. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun oʼz vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga yetib kelishiga javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
  4. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bogʼliq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
  5. Test sinovlari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʼrnatilgan tartibda oʼtkaziladi.
  6. Test sinovlari oʼtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodlar test sinovlarini oʼz ixtiyoriga koʼra uch tildan – oʼzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.

  1. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʼtkazilgan test sinovlarining natijalari Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasiga hamda “Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
  2. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʼtkazilmaydi.
  3. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan oʼtmagan) nomzodlarning shaxsiy yigʼmajildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi boʼyicha Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
  4. Test sinovlarini oʼtkazish sanasi, joyi va vaqti Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
  5. Test topshiriqlari umumiy oʼrta taʼlim fanlari (5–9 sinflari kesimida)ning Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
  6. Test sinovlari natijasidan norozi boʼlgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning oʼrnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi oʼtkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari boʼyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega boʼlib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi.
  7. Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan muvaffaqiyatli oʼtgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʼqishga qabul qilinadi:

xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʼoliblari – belgilangan qabul kvotasi doirasida;

oʼz xizmat vazifalarini bajarish chogʼida halok boʼlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʼlib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv boʼlinmalari xizmatchilarining farzandlari – kvotadan tashqari;

yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosogʼlom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat koʼmagiga muhtoj boʼlgan, joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʼyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida – kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda.

  1. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida oʼtkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining gʼoliblariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun oʼtkazilayotgan test sinovlarida ular toʼplagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qoʼshimcha ballar koʼrinishida imtiyoz beriladi.

 

 “Temurbeklar maktabi” oʼquvchilarini qabul qilish tartibi

 

  1. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” oʼquvchilari safiga qabul qilish Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʼtkazilgan test sinovlari natijalariga koʼra amalga oshiriladi.
  2. Mazkur Ustavning 71-bandida koʼrsatilgan imtiyozlarga ega boʼlgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan oʼqishga qabul qilinadi.
  3. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan oʼtgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam boʼlgan taqdirda, test sinovlari oʼtkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
  4. Bir nechta nomzodlarning oʼtish reyting ballari teng boʼlgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori boʼlgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng boʼlib qolgan taqdirda, umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yigʼindisi boshqalarnikidan yuqori boʼlgan nomzod oʼqishga qabul qilinadi.
  5. Test natijalari taqdim etilgandan soʼng “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi nomzodlar roʼyxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanib, “Temurbeklar maktabi”ning muhri bilan tasdiqlanadi.
  6. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni “Temurbeklar maktabi”ga oʼquvchilar safiga qabul qilish toʼgʼrisida “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrugʼini chiqarish uchun asos boʼladi.
  7. “Temurbeklar maktabi”ga oʼqishga qabul qilinadigan shaxslar oʼquvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʼquvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
  8. “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilishiga muvofiq oʼquv kurslari boʼyicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
  9. Аlgebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari boʼyicha mashgʼulotlarni oʼtkazish vaqtida oʼquvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga boʼlinishi mumkin.
  10. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va koʼkrak nishoni beriladi.
  11. “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga Oʼzbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʼqishga kirishda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʼtkaziladigan test sinovlarida oʼzlari toʼplagan ballarning

30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirishda esa oʼzlari toʼplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʼshimcha ballar koʼrinishida imtiyoz beriladi.

  1. “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʼlgan vazirlik

va idoralarning tegishliligi boʼyicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqqiyatli oʼtish natijasida kirish huquqi beriladi.

  1. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik toʼgʼrisidagi koʼkrak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qoʼshma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Koʼkrak nishoni kitel koʼkrak qismining oʼng tomoniga taqiladi.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech