O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti
2020 yil yanvar oyining III dekadasida quyidagi pedagog xodim lavozimlariga tanlov o‘tkazilishi e’lon qilinadi:
“Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini boshqarish va rejalashtirish” kafedrasi: professor, dotsent lavozimlariga;
“Hududlarni muhandislik muhofazasi va ob’ektlarni xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi: professor, dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga;
“Radiatsion, kimyoviy, tibbiy, biologik (bakteriologik) muhofaza” kafedrasi: professor, dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga;
“Qutqaruv ishlarini tashkillashtirish” kafedrasi: professor, dotsent, o‘qituvchi lavozimlariga;
“Safarbarlik tayyorgarligi” kafedrasi: dotsent, o‘qituvchi lavozimiga;
“Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazi”: katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlariga.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda qatnashishni xohlovchilar institut boshlig‘i nomiga ariza va unga ilova qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
ilmiy daraja (shu jumladan, fan doktori (DSc), falsafa doktori, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
ilmiy unvonga egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va ma’ruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;
malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2020 yil 25 yanvarga qadar qabul qilinadi. Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika qo‘rg‘oni, Anaybuloq ko‘chasi 3 uy. Tel: (71) 266-50-27; 266-50-23.
Fuqaro muhofazasi instituti ma’muriyati.