FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Eng yaxshilari saralanmoqda

Avval xabar berilganidek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shaxsiy tarkib orasida sog‘lom muhitni qaror toptirish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida, bir qator nominasiyalar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. 

Mana shunday tadbirlar Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham qizg‘in tashkil etildi. O‘tkazilgan musobaqalar shartlariga ko‘ra, "Eng yaxshi yo‘riqchi-qutqaruvchi",  "Eng yaxshi qutqaruvchi", "Eng yaxshi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi", "Eng yaxshi g‘avvos-qutqaruvchi" nominasiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.  Musobaqa yakunida ular qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. 

Bu kabi tadbirlar respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech