FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq koronavirusning oldini olish chora-tadbirlariga ko‘maklashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Mazkur insonparvarlik yukida, steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigienik gellar va dori vositalari kabi umumiy og‘irligi yetti tonnaga yaqin bo‘lgan tibbiy buyumlar mavjud.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, insonparvarlik yukini shakllantirish va yetkazib berish Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatildi. Maxsus bortni kuzatib borish va topshirish uchun Eronga vazirlikning ikki nafar harbiy vrach mutaxassislari jo‘nab ketdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech