FVV ogohlantiradi:
6 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'adi. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacha kuchayadi. Harorat 7-12C iliq, shimolda 2C sovuq bilan 3C iliq buladi

Farg`ona, Namangan va Andijon viloyatlarida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi

2019 yilning 17 iyul kunidan 19 iyul kuniga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari A.Qo`ldoshev Farg`ona, Namangan va Andijon viloyatlarida fuqarolar bilan uchrashdi.

Mazkur tadbir joylardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tashkil etilib, unda viloyat hokimligi vakillari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutasaddi xodimlari, shuningdek, fuqarolar ishtirok etdilar.  

Qabul davomida 50 dan ortiq  fuqaro o‘zlarini qiynayotgan muammo bilan murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech