Bugun, 27-may kuni soat 10:05 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri Qirguli dahasi Yangi asr ko‘chasida joylashgan gazli suv sotishga mo‘ljallangan do‘konda gazli suv idishidagi havo bosimini ko‘tarilib ketishi natijasijda suv idishi otilib ketgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Suv idishining otilib ketishi oqibatida ikki nafar ishchi yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q. Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa natijasida do‘konning yengil konstruksiyalariga qisman zarar yetgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.