Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Farg‘ona tumanida FVV xodimlari tomonidan quduqdan ikki nafar fuqaro olib chiqildi: bir nafari vafot etgan

Bugun 17 iyun kuni Farg‘ona tumani Do‘stlik MFY Nilufar ko‘chasidagi uylarning birida 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalash maqsadida tushgan fuqaro S.S.ning boshiga ichida turpoq to‘la temir chelak tushib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, uy egasi S.S. tomonidan quduqni tozalash ishlari olib borayotgan vaqtda, temir chelak arqoni uzilib ketgan. Boshidagi himoya kaskasi borligiga qaramasdan fuqaro og‘ir tan jarohati bilan halok bo‘lgan.

Hodisani kuzatib turgan fuqaro R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushadi va qaytib chiqolmagan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVB xodimlari zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida, qutqaruv asbob-anjomlari yordamida 50 metrlik quduqdan 2 nafar fuqaro olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech