Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Qo‘chqorov Ilhomjon Abdubasirovich Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev hamda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda e'lon qilindi.

Ilhomjon Qo‘chqorov 1981-yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Farg‘ona davlat universitetini, 2014-yilda Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Ilhomjon Qo‘chqorovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech