FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Farg‘ona viloyatida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilmoqda


Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Marg‘ilon shahridagi qurilish ob'ektlarida ishlayotgan quruvchilar bilan xavfsizlik qoidalariga rioya etish borasida profilaktik tadbir o‘tkazdi. Unda soha xodimlari tomonidan quruvchilarga is gazidan zaharlanish, yong‘in va elektr toki bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech