FVV ogohlantiradi:
28 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vaziri Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazining tayyorgarlik holatini tekshirdi

2017 yilning 30 dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazining (THQRKTM) tayyorgarlik holatini tekshirdi.

Tekshiruv davomida vazir THQRKTM qutqaruvchilarining tayyorgarlik holati va markazning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Vazir THQRKTMning tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini ta’kidlab, bayram hamda bayram arafasida respublikamiz aholisini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muhim ahamiyat kasb etishini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, vazir qutqaruvchilar bilan suhbat jarayonida vazirlik tuzilmalarini zamonaviy texnikalar, qutqaruv asbob-anjomlari bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilar uchun uy-joy qurish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy tadbirlar haqida so‘zlab berdi, qutqaruvchilarning oilalaridagi sharoitlar bilan qiziqdi.

Ko‘lami jihatdan keng bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda Favqulodda vaziyatlar vazirining qaroriga asosan THQRKTRM qutqaruvchilari respublikamizning turli hududlarida avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlarni amalga oshirishlari mumkin.

Vazir qutqaruvchilarning 2017 yil davomida qutqaruv jarayonlaridan olgan tajribalari kelgusida, ya’ni 2018 yilda yangi sinovlardan o‘tishda, vazifalarni o‘z vaqtida bajarishda as qotishini alohida ta’kidlab, ularni Yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika hududida yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda tezkorlik bilan oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari  «Kuchaytirilgan» ish tartibiga o‘tkazilgan.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech