FVV ogohlantiradi:

Favqulodda vaziyatlar vaziriga davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi tayinlandi

Valiyev Baxodirjon Obitovich Favqulodda vaziyatlar vaziriga ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Valiyev Bahodirjon 1978-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini 2000-yilda tamomlagan. Shuningdek, 2006-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti aspiranturasida tahsil olgan.
2006-yildan buyon vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech