Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida 2022 yil 20 yanvar kuni “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun mohiyati va ahamiyati” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi

O’quv seminar O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 dekabrdagi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O’RQ-737-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni qo‘llash amaliyotini targ‘ibot qilish, unda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi FVDT ga kiruvchi vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, mutaxassislari, OAV vakillari shuningdek Institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech