FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati boshlig‘i aholiga o‘zboshimchalik bilan turar-joy binolarining kirish qismiga sun'iy to‘siqlarni o‘rnatmaslikni so‘rab murojaat qildi. Bu ko‘pincha yong‘in-qutqaruv ekipajining tezkor harakatlarini cheklamoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech