FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonidagi baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etdilar

21-oktabr kuni soat 17:00 atrofida Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 226-kilometrida baxtsiz hodisa yuz berdi. “DAF”  rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, temir to'siqqa borib urilgan.

         Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari darhol voqea joyiga yetib kelib, avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirgan. Qutqaruv ishlariga boshqarmaning maxsus texnikasi ham jalb qilingan.

         Hodisa oqibatlarini bartaraf etishda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham samarali yordam ko‘rsatdilar. Qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech