FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonidagi geologik xavfli hududni bartaraf etdilar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda “Qamchiq” dovonida geologik xavfli hududni aniqladilar. Qutqaruvchilar zudlik bilan toshlarni sun'iy tushirish tadbirini amalga oshirdilar. Bu vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlab bordilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech