FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonidagi yo‘l transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etdilar

Kuni kecha, 30 aprel soat 18:00larda A-373 “Toshkent-O‘sh”  avtomobil' yo‘lining 198-kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Suyultirilgan propan gaz ortilgan yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan. Eng asosiysi shuki, ushbu hodisadan hech kim jabrlanmadi.  

Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borib, YTH oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech