Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI QUTQARUVCHISI SHARQ YAKKA KURASHLARI BO‘YICHA XALQARO TURNIRDA G‘ALABA QOZONDI

Kecha Chimkent shahrida (Qozog'iston Respublikasi) Sharq yakkakurashlari bo'yicha Osiyo kubogi musobaqasi yakunlandi. Turnirda qit'aning barcha mintaqalaridan eng kuchli kurashchilar ishtirok etishdi va aytish mumkinki, bu o`z o`rnida musobaqaning saviyasini yuqori darajada o`tishiga zamin bo`ldi. Ushbu yirik musobaqalarda mamlakatimiz sharafini mutlaq vazn toifasida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchisi Rashid Choriyev munosib himoya qila oldi. Finalda bizning qahramonimiz qozog'istonlik raqibini mag'lub etib, musobaqa g`olibiga aylandi.

Ta’kidlash joizki, bu Rashid Choriyevning yirik xalqaro musobaqalardagi navbatdagi yutuqlaridan birirdir.

Fursatdan foydalanib, vazirlik rahbariyati va barcha shaxsiy tarkibi nomidan Rashid Choriyevni samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi, ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech