FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatining 4-mart — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli askarlar va serjantlar, ofitserlar va generallar, vazirlik xizmatchilari va muxtaram faxriylar!

Mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, bugun muhtaram Prezidentimiz rahbarliklari ostida yurtimizda amalga oshirilayotgan oqilona islohot va yangilanishlar jarayonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi ham zimmasidagi mas'uliyatli vazifalarni sharaf bilan uddalab kelishmoqda.
Ayniqsa, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan vazirlik tizimida boshlab berilgan tubdan takomillashtirish ishlari, tizim xodimlarining bir yoqadan bosh chiqarib, “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida kunni tun, tunni kun demay sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarini alohida qayd etib o‘tish joizdir.
Shu o‘rinda, yurtimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlar jarayonida vazirlik xodimlarining harakatlari alohida e'tirofga sazovordir.
Ishonch bilan aytish mumkinki, soha faoliyatini takomillashtirish, qutqaruvchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash, vazirlik moddiy- texnik bazasini yanada mustahkamlash, bir so‘z bilan aytganda, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish Davlat tizimining tezkorligi va ishonchliligini oshirish bundan keyin ham faoliyatimizning bosh mezoni bo‘lib qolaveradi.
Barchangizni vazirligimiz tashkil topganligining 24 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam salomatlik tilayman, sharafli va mashaqqatli kasbingizda hamisha omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech