Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi munosabati bilan joylarda keng qamrovdagi ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining hududiy va tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilayotgan оchiq eshiklar kuni, o`quvchi-yoshlarda o`zgacha taassurot qoldirmoqda.

Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlar fikrimizning amaldagi isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, tuman Yoshlar ittifoqi vakillari, muddatli harbiy xizmatchilar hamda kollej o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joiz, tadbirni tuman markazida harbiy orkestor ijrosidagi harbiy musiqalar va go‘zal kuylar ochib berdi.

Tadbir so‘nggida o‘quvchilar favqulodda vaziyatlar yuz berganda qo‘llaniladigan anjomlar va texnikalar ko‘rgazmasini tamosho qilib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech