Tashrif davomida vakillarimiz boshqaruv markazlari faoliyatida qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan tanishish bilan birga hamkorlikda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalasini ham muhokama qilishdi. Shu maqsadda, vakillarimiz nafaqat xitoy tajribasini o‘rganish balki o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashishdi.
Mutaxassislarimiz Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tuman miqyosidagi politsiya boshqaruv markazlari hamda radio aloqa vositalari ishlab chiqaruvchi zavod faoliyati bilan ham tanishdilar.