Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bugungi tinch va farovon kunlarga erishishimizda katta yo‘qotishlar va qiyinchiliklarni ko‘rib urushida ishtirok etgan, jang maydonlarida fidoyilik, mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, shu orqali millatimizning buyukligini, sha’nini ulug‘lagan faxriylarimiz bilan faxrlanadilar.
Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan, fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, tinchlik-osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish maqsadida vazirlik xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fahriylari, xizmat chog‘ida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, xizmat chog‘ida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar olish, bayram bilan qutlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdek xayirli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Harbiy xizmatchilar shunday xayirli ishni davom ettirgan holatda Chilonzor tumanda yashab, keksalik gashtini surib kelayotgan mehnat fahriysi Bagdanova Raisa Semyonovna xonadonida bo‘lishdi.
Qizg‘in va mazmunli suhbat chog‘ida onaxon ibratli xayot yo‘li haqida harbiy xizmatchilarga so‘zlab berdi.
Men onaxonni so‘zlab bergan umr yo‘lini tinglab juda ta’sirlandim. Chunki turmush o‘rtog‘idan, farzandidan erta judo bo‘lgan bu mushtifar ayol, boshidan shuncha qiyinchiliklar o‘tkazgan bo‘lsada, hayotga intilib katta muvaffaqiyatlarga erishganligi hamda o‘z ishiga bo‘lgan mehr, sadoqat va yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan darajada mazmunli hayotni hamma ham kechib ota olmaydi – deydi kichik serjant A. Rahimov.