FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI XODIMLARI KEKSALAR XOLIDAN XABAR OLISHDI

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mexnat faxriylari, xizmat chog‘ida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xonadonlarida bo‘lib, ularning xolidan xabar olish, bayram bilan qutlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdek xayirli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.

Harbiy xizmatchilar shunday xayirli ishni davom ettirgan xolada Chilonzor tumanda yashab, keksalik gashtini surib kelayotgan mehnat fahriysi Bagdanova Raisa Semyonovna xonadonida bo‘lishdi.

Qizg‘in va mazmunli suhbat chog‘ida onaxon ibratli xayot yo‘li haqida harbiy xizmatchilarga so‘zlab berdi.

Men onaxonni so‘zlab bergan umr yo‘lini tinglab juda ta’sirlandim. Chunki turmush  o‘rtog‘idan, farzandidan erta judo bo‘lgan  bu mushtifar ayol, boshidan shuncha qiyinchiliklar o‘tkazgan bo‘lsada, xayotga intilib katta muvaffaqiyatlarga erishganligi xamda o‘z ishiga bo‘lgan mehr, sadoqat va yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan darajada mazmunli hayotni xamma ham qila olmaydi – deydi podpolkovnik Sh. Xusenov.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech