FVV ogohlantiradi:
28 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Koreya Respublikasiga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 1-3 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish va fuqaro mudofaasi milliy instituti (NDTI) bilan yaqindan hamkorlinkni o‘rnatish hamda kelgusida istiqbolli rejalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, tashrif davomida vazirlik xodimlari Milliy institutning tabiiy ofatlarni boshqarish tizimi, o‘quv-moddiy bazasi, ilmiy va amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki davlat vakillari favqulodda vaziyatlarning profilaktikasi va uning oqibatlarini bartaraf etish doirasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha kelishib olishdi.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech