FVV ogohlantiradi:
4 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35*S issiq bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida Koreya Respublikasining ixtisoslashgan tuzilmasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

      2020 yilning 23 may kuni Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya Respublikasining Koreya sanoat va texnalogiya yong‘in instituti o‘rtasida favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyil va me'yorlariga muvofiq ikki mamlakat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatishga qaratilgan.

      Memorandum doirasida hamkorlikdagi tadbirlar, tadqiqotlar o‘tkazish, standartlashtirish, yong‘in-texnik va qutqaruv anjomlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro aloqa yo‘nalishlari o‘rganilishini ta'minlash hamda mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech