Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida gender tengligi bo‘yicha tashkil etilgan ishlar o‘rganildi

Bugun, 13-may kuni Davlat organlarida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan maslahat kengashlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha kichik ishchi guruh Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrifda Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mahmudjon Parpiev boshchiligida Oila va xotin-qizlar ilmiy amaliy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Oyniso Musurmonova, Fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi direktori o‘rinbosari Shahnoza Irmatovalar vazirlikda gender masalalariga berilayotgan e'tibor, xodimlar va xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning ta'minlanganligi, bu masalalar yuzasidan qabul qilingan xujjatlar va ularning amalga oshirilishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanganligi va moddiy yordam ko‘rsatilishi, xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta'minlanganligi kabi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech