O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat qilayotgan bir guruh xodimlar ham mukofotlandi:
«Mardlik» ordeni bilan
Qo'ldoshev Abdulla Hamidullaevich - O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Abdullayev Komiljon Karimovich - Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchko‘prik tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
Begmatov Zarifjon Orifovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi instruktor-qutqaruvchi g‘avvosi
Kosbayev Ilyar Joldasbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv va qutqaruv guruhi instruktor-qutqaruvchisi
«Shuhrat» medali bilan
Jurayev Tursinali Zaribbayevich - Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chust tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
Qurbonov O'tkir Qalandarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari
Marxanov Olim Axmatxanovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik batalyoni qutqaruvchi-haydovchisi
Nizomov Xursandbek Tolibjonovich - Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadi yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Tursunov Sobirjon Murodovich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qarshi tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
Umirov Jasur Xayrullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi inspektori
Barcha hamkasblarimizni yuksak mukofot bilan tabriklaymiz!