FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandilar

Bugun sana munosabati bilan joylarda harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini davlat mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mana shunday tantanali tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Unda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta'minlash, professional milliy armiyani shakllantirish va nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik-osoyishtalik hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori mahoratga ega kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun vazirlik tizimidagi quyidagi bir qator xodimlar mukofotlandi:

«Jasorat» medali bilan

 

Muxammadiyev Rustam Idrisovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

 Ayxunbayev Yo‘lchi Lapasovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadi guruh qutqaruvchi-g‘avvosi; 

Nayimov Aziz Ubaydulloyevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi "NKMK"DK yong`in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi yong‘in-qutqaruv qismi yo‘riqchi-qutqaruvchisi; 

Nasmatov Baxtiyar Umarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadi guruh qutqaruvchi-g‘avvosi;

Xalmuxamedov Doniyor Zairovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘ining o‘rinbosari;

Shorustamboyev Umid Muxammadjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.

«Shuhrat» medali bilan

Baxramov Baxtiyor Akramovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi yo‘riqchi-qutqaruvchisi;

Yoshuzoqov Erkaboy Ergashboyevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchi-haydovchisi;

Narzilloyev Baxtiyor Karimboyevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi qutqaruv otryadi guruh qutqaruvchisi;

Rahimov Umarqul Mardonovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyati Nurota tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi texnigi;

Saidov Yorqinjon Xasanovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i;

Xolikov Muxammadjon Abdumuxtorovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi guruh feldsheri.

Bundan tashqari, yana 8 nafar harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlarga ega bo‘ldilar.  Fursatdan foydalanib, vazirlik rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi nomidan yuqorida tilga olingan Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini yuksak e'tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy qutlaymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech