O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan joylarda harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini davlat mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mana shunday tantanali tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Unda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta'minlash, professional milliy armiyani shakllantirish va nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik-osoyishtalik hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori mahoratga ega kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun vazirlik tizimidagi quyidagi bir qator xodimlar mukofotlandi:
“Jasorat” medali bilan
oddiy askar
AZIMXODJAYEV Abduraxmon Pozilovich (Marhum)
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 19-yong‘in-qutqaruv qismi gaz tutundan himoya bo‘yicha instruktor-qutqaruvchisi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
polkovnik
DJURAYEV Shuxrat Xujamberdievich
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik mahofazasi bo‘yicha o‘rinbosari
kapitan
SADIKOV Murat Ganievich
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi - matbuot xizmati boshlig‘i
kichik serjant
VILENSKIY Maksim Borisovich
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa va xabarlash tizimini rivojlantirish boshqarmasi axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi katta texnik
oddiy askar
BAXRAMOV Jamshid Xojakbarovich
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shayxontoxur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi
15-yong‘in-qutqaruv qismi usta-qutqaruvchisi (yong‘in o‘chiruvchi)
katta serjant
VADITOV Alisher Nabievich
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazani tashkil etish bo‘limi tibbiy-biologik himoya bo‘yicha texnik
podpolkovnik
MASHARIPOV Ulug‘bek Auezbayevich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tuzilmalarning xizmat va jangovor tayyorgarligini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
podpolkovnik
RAXMONOV Jasurjon Jalilovich
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Samarqand tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
“Shuhrat” medali bilan
xizmatchi
GAFUROV Abdunabi Abduvosiyevich
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Kosonsoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 7-kasbiylashtirilgan yong‘in qutqaruv qismi smena boshlig‘i
podpolkovnik
XUSENOV Sobirjon Baxodirovich
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ob'ektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
oddiy askar
JALOLOV Dilshod Muminovich
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korxonasida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi 6-yong‘in-qutqaruv qismi instruktor-qutqaruvchisi (yong‘in o‘chiruvchi)
xizmatchi
XAKNAZAROV Olimjon Kenjaevich
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Xatirchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 13-kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i
oddiy askar
MATYОKUBOV Yaxyo Raxmatovich
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 1-yong‘in-qutqaruv qismi xaydovchi-qutqaruvchisi (yong‘in o‘chiruvchi)
xizmatchi
PULATOV Umidjon Xalilovich
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalar bo‘yicha mintaqaviy qutqaruv otryadi Qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchi-xaydovchisi
Bundan tashqari, yana 8 nafar harbiy xizmatchilar navbatdagi polkovnik harbiy unvonlarga ega bo‘ldilar. Fursatdan foydalanib, vazirlik rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi nomidan yuqorida tilga olingan Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini yuksak e'tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy qutlaymiz.