“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani 145-maktab o‘quvchilari bilan “Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbir rejasiga ko‘ra o‘quvchilar bilan nazariy mashg‘ulotlar, FVV ish faoliyatiga tegishli yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi hamda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida tashkil etilgan innovasion trenajyor xonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.